Shartnomani bekor qilish
Assalomu alaykum! Bir manzilga borish uchun taksi bilan kelishildi. Yo‘lovchilar 2 ta ayol (biri yosh kelin, biri katta yoshli) va 2 ta yigit. Yosh ayol mashinaning oldi o‘rindig‘ida ketishga rozi bo‘lib, unga chiqib biroz yurgan, ikkinchi ayol hali beri taksiga chiqqani yo‘q. Er ayolining 3 erkak ichida va old o‘rindiqda ketishiga rozi bo‘lmasdan u taksida ketmasligini aytib, kelishilgan pulni yarmini berishini aytgan. Taksis esa to‘liq berishini talab qilgan. Bu holatda masala qanday echiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo o‘sha “Er” bu shartini ochiq-oydin aytib kelishish kerak edi. Yo‘lovchi agar taksiga chiqqanidan so‘ng fikridan qaytib, taksichi bilan kelishuvini buzmoqchi bo‘lsa bosib o‘tgan masofasiga yarasha pul to‘laydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat