Onam mendan kechmoqchilar

Assalomu alaykum! Yaqinda onamga sovchi chiqdi, men ularni kelmaslaridan qaytarib yubordim. Onam bu ishimdan norozi bo‘lib, “agar qarshilik qilsang senday o‘g‘lim yo‘q kechaman” deyaptilar. Gap shundaki "kuyov" bo‘lmishning oilasi bolalari bor ekan. Xotiniga taloq bergan, lekin odamlardan uyalgani uchun birga yasharmush. Xotini olgunigacha biznikiga kelib yashab turarmush. Men bunga qarshiman. Onam o‘ynash bo‘lishlarini xoxlamayapman, lekin katta bola turib onam buni tushunmayaptilar. Anavi odam bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsam u kelmayapti. Onamga nikox o‘qitib olsak xech nima qila olmaydi deb aql o‘rgatayapti. Singillarim, ayolim bor uyga men yo‘g‘imda begona kelishini xohlamayman. Nima qilishni bilmay qoldim. Maslaxatingizga muxtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shartlaringizni qo‘yib nikohga rozi bo‘ling. Hozirgi kunda eri bo‘laturib eridan qoniqishmayapti, ersizlarni tasavvur qilavering. Shunday o‘rinda siz ham ular ham bir nuqtaga kelishinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:38 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar