Oliy talimdagi nomahramlar chegarasi
Assalomu alaykum! Men Tibbiyot Akademiyasida o‘qiman guruhimizda 16ta yigit va qiz aralash holta o‘qiymiz, nomahramlardan ko‘zimni tiyishga harakat qilaman, lekin dars paytida dars yuzasida muhokama bo‘lib qolsa yoki qaysidir yigit kursdoshim mavzuni yaxshi va tushunarli gapirib berayotgan paytida mavzu eshitish maqsadida unga qarash gunoh bo‘lmaydimi? 2) Biz 1 ta fanni haftada 1marta o‘tamiz va shu darslardan kiruvchi erkak domlaga dars paytida qarash joiz bo‘ladimi? Umuman olganda bunday va shunga o‘xshash vaziyatlarda nomahram chegarasi haqida batafasil to‘xtalsangiz yoki shu mavzu aniq va tushunarli qilib yoritilgan kitob tavsiya qilsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shahvat va fitnadan omonda bo‘lishi sharti bilan joiz. Vallohu a’lam!
3 Sentabr 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shahvat va fitnadan omonda bo‘lishi sharti bilan joiz. Vallohu a’lam!
3 Sentabr 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar