"Stoma" ( yo‘g‘on ichakning beldan chiqarib qo‘yilishi) bilan nomoz o‘qish mumkinmi?

Assalomu alaykum! "Stoma" - yo‘g‘on ichakning beldan chiqarib qo‘yilishi bo‘lib, bunda inson boshqa odamlardek xarakatlanishi, ovqatlanishi mumkin, faqatgina odatiy xojat chiqara olmaydi. Tabiiyki ich kelishi beldagi stomadan keladi va buni nazorat qilib bo‘lmaydi va doimo maxsus kolopryomnik taqib yuriladi. Bu xolatda namoz o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu holatda ham namoz o‘qish farz. Har namozga yangi tahorat olib namoz o‘qilaveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 195 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar