Allohni so‘kkanga muomala
Assalomu alaykum! Oxirgi vaqtlarda katta arosatda qolganman. O‘zim rus maktabida o‘qiganman, u erda esa kofirlar ko‘pligi xammaga ayon. Ba’zi bolalar shunaqa maktablarda Allohga ishonmaganligi sababli musulmonlar oldida Allohni xarom gaplar bilan so‘kishsa, musulmonlar nima qilishi kerak? So‘kkan odamni ursinmi yo Allohga qo‘yib bersinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ آيَاتِ اللّهِ يُكَفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلاَ تَقْعُدُواْ مَعَهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ إِنَّكُمْ إِذًا مِّثْلُهُمْ إِنَّ اللّهَ جَامِعُ الْمُنَافِقِينَ وَالْكَافِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا 140. Batahqiq, sizlarga Kitobda: «Allohning oyatlarini ularga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan holda eshitganingizda, boshqa gapga o‘tmagunlaricha, ular bilan o‘tirmanglar», – deb nozil qildi. Albatta, u holda (agar o‘tirsangiz,) siz ham ular kabisiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir.
Alloh taolo Kitobda, ya’ni Qur’oni Karimda mo‘minlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar bo‘layotgan majlisda o‘tirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil bo‘lgan «An’om» surasida kelgan. Chunki mo‘min kishining bu kabi majlislarda jim o‘tirishi munofiqlikning boshlanishidir. Har bir mo‘min Alloh, Islom, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va Qur’on kabi mo‘’tabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-so‘zlarni eshitgan chog‘ida qarshi chiqmoqqa, hattoki to‘g‘rilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim o‘tirsa, munofiqlik yo‘liga qadam qo‘ygan bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘zining oyatlariga kufr keltirilayotgan, ularni istehzo qilinayotgan majlisda o‘tirganlarni munofiqlarga tenglashtirmoqda. Bu esa juda xatarlidir. Munofiqlar va kofirlar bu dunyoda Islomga, iymonga birgalikda qarshi bo‘lganlari uchun ham, u dunyoda:
«Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 165 | Islam