Qarzdor duosi qabulmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, qarzdor duosi qabul emas deb eshitdim. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qarzdor to‘lashni maqsad qilsa va shunga harakat qilsa duosi ham ijobat Alloh O‘zi madadkor bo‘ladi. Imkoni bo‘laturib to‘lashni paysalga solsa yoki to‘lash harakatida bo‘lmasa unday insonni zolim deyiladi. Har bir lahzasi zulm qilib turgan bilan barobar bo‘ladi. Bundaylarning duolari ijobat bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 196 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar