Nafaqani qiysam
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men uy joyim bo‘lmay turib uylandim, uylanganimga 6 yil o‘tdi orada Alloh 2 farzand berdi shukur, man esa yurtma yurt yuribman ishlab xozircha natijasiz, lekin meni ko‘nglim tushgani yo‘q Allohdan yaxshi gumonda yuribman. Shu vaqtgacha ayolimga ishlashga izn bermaganman ayolim bolarim qaynonamnikida yashaydi, nafaqasidan qiyinchiligi yo‘q. Yaqinda xotinim ayollarga tibiy yordam ko‘rsatib ishlab tursam maylimi deb ruxsat so‘radi, namozlarni qazo qilmasangiz, nomaxramlar bilan ishlamasangiz ruxsat, puliz o‘zizga nafaqani jo‘natib turaman dedim. Xotinim 2 kun ishlaganidan keyin man sms jo‘natdim qachonki ishdan ayrilasiz deganimda ayrilasiz deb. Javobiga qaynonam san qizimga xo‘jayin emas, man xo‘jain u ishlaydi dedi. O‘rtada janjalashdik xotinim onasini tarafiga o‘tdi va meni nomusimga tegadigan gaplar bilan so‘kdi er bo‘lib uy bilan ta’min qilolmaysan dedi. Ayolimga bu isyoniga nafaqa jo‘natmasam bo‘ladimi? Bir bilishsin qadrni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ixtiyoringiz. Bu oilani buzilishiga olib bormasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ixtiyoringiz. Bu oilani buzilishiga olib bormasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush