Otamga qanday muomalada bo‘lishim kerak?
Assalomu alaykum! Otamni namozga, masjidga chiqishga davat qilsam meni urishib xatto so‘kib xam berdi, masjidga ikkinchi qadam bosmasligimni buyurdi, namoz o‘qish farz ekanligini tushuntirsam xam foyda bermadi. Payg‘ambar alayxisalomlarning so‘zlaridan misol qilsam ularning gaplarini tan olmadi, ularning gaplariga shubxa ostida qaradi, ularga hurmatsizlik qildi. Bu xolatdan keyin otamga qanday muomalada bo‘lishim kerak? Otam onamni tashlab boshqa ayol bilan yashayotganiga 6 yil bo‘ldi, lekin uyga bir-bir kelib turadi. Yana bir bor masjidga chiqsam uyga qaytib qadam bosmasligini aytdi. Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ota har qanday holatda ham otalik maqomida qoladi. Otangizga farzandek muomalada bo‘lishingiz kerak. Masjidga chiqish borasida itoat qilinmaydi. Siz ham hadeb boshingizni devorga urmay bildirmay bo‘lsa ham borib keling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:59 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush