Qarz bo‘lamanmi

Assalomu alaykum! Meni akam koreada ishlashga ketgandi o‘shanda akam va yana 2 ta sherik moshina olishgan ekan moshina akamni nomida bo‘lgan va bitta sherik moshinani pulini bergan ekan (sherikni aytishi bo‘yicha). Akam olamdan o‘tishidan 4 yoki 5 kun oldn moshinani sotgan va avto halokatda olamdan o‘tdilar moshinani puli akamni kartasida qoldi o‘sha kartadagi pulni akamni oyligini ololmadm davlat olib bermiyapti janozada akamni qarzini men bo‘ynimga oldm. Akamni sherikini pulini ololmadm hali men qarzdor bo‘lamanmi yani men o‘z yonimdan to‘lashim kkmi. (Mashina sotilgan yoki sotilmagan pul kartaga tushgan yoki tushmagan hech km bilmaydi akamdan boshqa )
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Marhumning qarzlari uning qoldirgan merosi hisobidan qondiriladi. Merosxo‘rlar guvohlar tomonidan tasdiqlangan qarzni meros hisobidan uzib berishdan bosh tortishlari mumkin emas. Ammo qoldirilgan meros qarzlarni uzishga etmasa merosxo‘rlardan uni to‘lash talab qilinmaydi va bunday qarz qiyomatga qoladi. Shu tufayli merosxo‘rlar mayyitga rahm-shafqat va ajr qozonish umidida qarzni o‘z hisoblaridan uzib yuborsalar ulkan savobga erishadilar. Marhumning qarzlarini kimdir bo‘yniga olgani bilan uning zimmasiga o‘tib qolmaydi. Uning bu gapi faqat “merosi qoldirib ketgan bo‘lsa o‘shandan olib berishga kafilman” deganidir. Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2023, 12:55 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar