Sahih hadismi?

Assalomu alaykum! DUZAXIY AYoLLAR XAQIDA!!! Kunlardan bir kuni Fotima (r.a) Ali (r.a) bilan K,ALTIS xazillashib, jindak XAFA kilib kuydilar, bu xoldan uzlari xam XAFA bulib "yiglab" utirganlarida, Rasulullox sollallohu alayhi va sallam bu xolni kurib k,izlariga NASIXAT k,ildilar, "Ey k,izim Fotima agar AYoL erini "norizo" kilib ulsa unga xatto JANOZA ukish MUMKIN emas, sizga duzax axli xakida xabar beraymi" dedilar, Fotima (r.a) xa ayting dedilar: Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam me’roj kechasida duzaxni kurganlar, va juda maxzun bulib yiglaganlar, rasululloxning yiglaganlarining sababi duzaxning axlining juda kuplari AYoLLAR ekan, ayollar shunchalik xam KUP ekanki ularning azoblanayotganlarning daxshatini eslab yiglar ekanlar. Duzaxda ayollarning aksari SOChIDAN, TILIDAN, KUKRAGIDAN, OYoKLARIDAN osilgan xolda tagidan OLOV alangalanardi. Bir ayolni kurdim ilon-chayonlar chakib azoblardi, bir ayolni kurdim uzini jasadini uzi kesib emokda, yana bir ayolni kurdim barmoklarini, tilini kaychilab dodlardi, bir ayolni kurdim kornini erib ichaklarini emokda, yana bir ayolni kurdim kizdirilgan temir tobutda azoblanardi, yana bir ayolni kurdim, boshi chuchkaning boshiday, tanasi esa eshakning tanasiga uxshaydi, bir ayolni kurdim itga uxshab akillab yuribdi" dedilar va yukoridagilarni izoxlab berdilar: SOChIDAN osilgan ayol - xayotiy davrida bosh ochik, rumolsiz yurgan ayollardir. OYoGIDAN osilgan ayol - xayz, nifosdan poklanmaydigan va eridan beruxsat kuchada tentiraydigan ayollardir. KUKRAGIDAN osilgan ayol - eridan beruxsat boshka chakaloklarni emizgan ayollardir. UZ JASATINI eyayotgan ayol - kuchada pardoz andoz bilan yuradigan, boshka erkaklarni xirslantiradigan, shim va ochik kiyinadigan ayollardir. BARMOKLARINI kesib azoblanaetgan ayol - tirnoklani buyab, atirlarni sepib kuchaga chikib erkaklarni nazarini tortadigan ayollardir. ILON, Chayonlar chakib azob beraetgan ayol - nopok yuradigan, siydikdan poklanmaydigan, taxorat va namozni bilmaydigan ayollardir. BOShI ChUChKADEK tanasi eshakmisol ayol - chakimchi, elgonchi, shallaki ayollardir. IT misol ayollar - eriga ovozini balandlaydigan, urishib kunglini ogritadigan ayollardir. Bularni eshitib Fotima (r.a) xushidan ketib koldilar, uzlarini yukotib kuydilar. Shunda paygambarimiz Muxammad sollallohu alayhi va sallam juda yigladilar, Allohga yiglab DUO kildilar, silaiy raxmda tengi yuk zotdan kechirishlarini surardilar...!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar