Tahoratda ziraklar

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, tahorat qilganda burunda ziragi bo‘lgan ayol ziragini qimirlatib suv etkazsa kifoyami? Yoki uni butunlay echib tahorat olgan afzalmi? Quloqlardagi ziraklarchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Burnidagi ziragining ostiga suv etkazishi shart. Qimirlatsa suv etmaydigan holatda bo‘lsa, echib yuvadi. Quloqlardagi ziraklar, qo‘ldagi uzuklar ham shunday. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar