Shartli tijorat
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang hay’ati. Bizning tashkilot chet eldan qimmatbaho asbob-uskunlar olib kelib berish va ustiga ma’lum miqdorda yoki ba’zan anchagina ustama qo‘yish orqali daromad qiladi. Biz sohaning mutaxassisimiz va bu borada tajribamiz bor, shu sababli ko‘pchilik bizga murojaat qilishadi. Bizga murojaat qilganlarning o‘zlari bu ish bilan shug‘ullanmaydi va bizning yordamga muhtoj. Ish tartibi quydagicha boradi: 1. Mijoz bizga buyurtma beradi. 2. Mijoz bizda o‘sha tovar yo‘qligini juda yaxshi biladi. 3. Biz sifatli va hamyonbop tovar topamiz. 4. Topilgan narxga o‘z ustamamizni qo‘yib, mijozga "shunchaga tushar ekan", "sizdan shuncha bo‘ladi" yoki "shuncha to‘lashingiz kerak" deb aytamiz, 5. Mijoz biz necha pul ustama qo‘yganimizni bilmaydi, qiziqmaydi ham. Ammo berilgan narx bizning xizmat xaqqimizni ham öz ichiga olganidan xabari bo‘ladi, 6. Agar narx mijozga ma’qul bo‘lsa, biz bilan savdo kontrakti tuzadi, 7. Bizning hisobga belgilangan pulni yoki pulning bir qismini o‘tkazadi, 8. Biz chet eldagi tovar egasiga (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) buyurta beramiz, 9. O‘rtada chetellik tovar egasi (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) bilan ham shartnoma tuziladi, 10. Biz mijozdan olgan pulni tovar egasi (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi)ga o‘tkazamiz, 11. Bizning hisob raqamda pulning bir qismi ya’ni biz qo‘ygan ustama foyda sifatida qoladi, 12. Tovar egasi (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) maxsulotni bizga jo‘natadi, 13. Shartnomaga ko‘ra tovarning davlatimizga etib kelishiga biz javob beramiz, 14. Tovardagi kamchiliklarga ham, uning muvaffaqiyatli ishga tushishiga ham biz javob beramiz, 15. Agar tovarda defekt bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi javob beradi, 16. Agar biror noxushlik tufayli tovarga zarar etsa, shartnoma bo‘yicha biz javobgar bo‘lamiz, 17. Agar kelishilgan shartlar bajarilmagan holda yoki biror kamchilik chiqsa bizga tolangan pulning bari haridorga qaytariladi. Savolimiz: topayotgan pulimiz halolmi? Iltimos, agar ba’zi bir punktlarini e’tiborsiz qoldirgan bo‘lsak, to‘liqroq qilib javob beravering. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu erda ikki surat bor. 1). Siz bu erda o‘sha uskunani keltirib berishga vakil hisoblanasiz. Bunda xizmat haqingizni tayin qilishingiz shart. Qancha berishini kelishib olishingiz kerak.
2). Salam savdosi. Bunda siz ustiga qancha qo‘yayotganingizni aytishingiz shart emas, ammo uskunani pulini ular avvaldan sizga to‘lashlari kerak. Bu to‘lov taklif, yoqtirish va to‘liq o‘rganib chiqqandan keyin bo‘lishi ham mumkin. Bayi salam Bayi salam deb sotuvchi va xaridorning orasida “Xaridor pulni darhol beradi, sotuvchi esa sotayotgan narsasini ma’lum bir muddatdan keyin beradi” - deb kelishilgan savdoga aytiladi.
Bayi salam savdosi vaqtida sotilayotgan narsa mavjud ham ta’yin ham va na sotuvchining mulkida ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bu savdo aslida joiz bo‘lmasligi lozim. Ammo shari’at odamlarning zarur hojatlari, xususan dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan kishilarning ehtiyojlarini e’tiborga olib bu savdoga ijozat bergan. Chunki, bu savdoda sotuvchi va xaridorning har ikkisiga foyida bor. Masalan, sotuvchi pulni oldindan olsa, u pul bilan oilasini boqadi va yana dehqonchilikka tegishli urug‘ va boshqa narsalarni ham sotib oladi. Xaridor esa, oldindan pul bergani uchun olayotgan narsasini ommaviy narxdan arzonroqqa oladi. Yana bir jihatdan pul oldindan to‘langanligi uchun kelajakda bozordagi narxning ko‘tarilib tushishidan ikkovlari ham omonda bo‘ladilar. Bunday yo‘l bilan ikkovlari ham o‘z tijoratlarini rejalashtirib oladilar.
Bay salam to‘g‘ri bo‘lishining shartlari.
1. Kelishilgan savdo molining jinsi, navi, sifati va boshqa tegishli narsalari to‘liq bayon qilinishi lozim.
2. Kelishilgan savdo molining miqdorini, topshirish muddatini, narxini va agar u narsa tashib olib boriladigan narsalardan bo‘lsa, uni topshirish joyini ta’yin qilib ochiqchasiga bayon qilinishi lozim.
3. Kelishilgan savdo moli savdo vaqtidan topshiradigan muddatgacha bozorlarda topiladigan narsa bo‘lishi lozim.
4. Kelishilgan savdo molining sifati va miqdori aniq tarzda ta’yin qilingan va ajratilgan bo‘lsin.
5. Kelishilgan savdo molini topshirishning eng kam muddati bir oy bo‘lsin. Ko‘pini chegarasi yo‘q.
6. Sotuvchi pulni xaridordan savdo vaqtida olsin.
7. Bay salamda ta’yin narsani sotib bo‘lmaydi. Masalan, oldida mavjud bo‘lgan biror moshinani bayi salam savdosi bilan sotib bo‘lmaydi. Chunki, bu moshina xaridorga topshiriladigan muddatgacha turmasligi ham mumkin. Shuningdek bir xos bog‘ning mevalarini ham bayi salam savdosi bilan sotib bo‘lmaydi. Masalan, bir kishi “Shu bog‘ning olmalarini bayi salam savdosida sotaman” - desa joiz emas. Chunki, u bog‘dagi olmalarning pishib etilishini yoki biror talofatga uchrashini hech kim bilmaydi. Ammo, salam savosida “Falon navli olmani falon vaqtda tayyorlab beraman” - deb kelishsa va hohlagan bog‘idan ularni tayyorlasa joiz bo‘ladi.
8. Salam savdosi faqat bir hil bo‘lgan narsalardagina bo‘ladi. Masalan, bug‘doy borasida. Uning har donasi boshqa donalari bilan bir hil bo‘ladi. Narxida farq qiladigan darajada har-xil bo‘lmaydi. Bunday narsalarni fiqhda “Zavaatul amsaal” ya’ni bir hil narsalar deyiladi. Odatda kilolab yoki litrlab sotiladigan barcha narsalar bir hil narsalar hisoblanadi.
Biri boshqasidan farq qiladigan narsalarda bayi salam savdosi joiz emas. Masalan, jonivorlar biri biridan bir oz bo‘lsada farq qiladi va qiymati ham alohida-alohida bo‘ladi. Bunday narsalarni fiqhda “Zavaatul qiyam” ya’ni qiymat egalari deyiladi. Odatda kilolab yoki litrlab sotilmaydigan barcha narsalar “Zavaatul qiyam” narsalardan hisoblanib, ularning har birini narxi alohida-alohida bo‘ladi. Ammo, tuxum kabi biri boshqasidan ko‘p farq qilmaydigan donalab sotiladigan narsalarda bayi salam joiz. Bayi salamga tegishli ba’zi hukmlar 1). Salam savdosida sotuvchi kelishilgan narsani xaridorga topshirmaguncha xaridor uni boshqa odamga sotishi joiz emas. Chunki, kelishilgan narsani qo‘lga kiritmasdan oldin sotishning joiz emasligi borasida Hakim Ibn Hizom roziyallohu anhudan quyidagicha hadis rivoyat qilingan: عَنْ حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ رضي الله عنه قَالَ : أَتَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَقُلْتُ : يَأْتِينِي الرَّجُلُ يَسْأَلُنِي مِنْ الْبَيْعِ مَا لَيْسَ عِنْدِي ، أَبْتَاعُ لَهُ مِنْ السُّوقِ ثُمَّ أَبِيعُهُ ؟ قَالَ : (لَا تَبِعْ مَا لَيْسَ عِنْدَكَ) رواه الترمذي “Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni oldilariga kelib “Meni oldimga bir kishi kelib huzurimda bo‘lmagan narsani sotishimni so‘raydi. Men u uchun bozordan olaman keyin unga sotaman? (shu to‘g‘rimi? deb so‘radim). U zot “O‘z mulkingda bo‘lmagan narsani sotma” dedilar”, deyilgan.
2. Sotuvchi kelishilgan vaqtda kelishilgan narsani xaridorga bera olmasa xaridor o‘sha narsaning o‘rniga boshqa narsani olishi joiz emas. Bunday suratda xaridor bergan pulini qaytarib oladi yoki sotuvchiga yana muhlat beradi va sotuvchi u narsani olganda xaridorga etkazib beradi.
3. Salam savdosida shart qo‘yish yoki ko‘rib tanlash ixtiyori bo‘lmaydi. Sotuvchi savdoda kelishilgan narsani kelishilgan sifatga muvofiq topshirishi lozim. Agar kelishilgan narsa kelishilgan sifatga muvofiq bo‘lmasa, xaridor uni qabul qilmasligi mumkin.Istisno’ (Buyurtma berish)Biror hunarmand yoki korxonaga buyurtma berib mol yoki biror narsa tayyorlatish joizdir. Biror narsaga buyurtma berishda xaridor salam savdosidagi kabi oldindan to‘liq qiymatni berishi shart emas. Balki, bunda engilliklar bo‘lib, har hil kelishuvlarni amalga oshirish mumkin. Ya’ni, buyurtma bergan narsasi tayyor bo‘lganda qiymatni to‘liq yoki nasiya yoki bo‘lib-bo‘lib berishi mumkin. Yana, kelishilgan narxni to‘liq yoki bir qismini oldindan berishga kelishishlari ham mumkin.
Shuningdek, kelishilgan narsani tayyorlash uchun biror muddatni ta’yin qilishlari ham mumkin yoki mutloqo “Falon narxga falon narsani tayyorlab beraman”-desa ham bo‘ladi.
Buyurtmani tayyorlashdagi xom ashyoning ko‘proq qismi tayorlovchiniki yoki hunarmandniki bo‘lsa, uni “istisno’” deyiladi. Agar xom ashyoning ko‘proq qismi yoki hammasi buyurtma beruvchiniki bo‘lsa, “ijara” ya’ni, ma’lum bir haq evaziga biror ish qildirish deyiladi. Ijaraning shartlarini insha Alloh “Kitabul ijara” da bayon qilamiz.
Istisno’da hunarmand buyurtmani tayyorlaganidan keyin buyurtmachiga ko‘rsatishdan oldin unga berish yoki bermaslik huquqiga ega. Hatto ayni kelishilgan buyurtmadan boshqasini tayyorlab bersa ham bo‘ladi yoki buyurtmachi buyurgan narsa hunarmandning oldida oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘lsa, o‘shani bersa ham bo‘ladi. Hunarmand tayyorlagan narsasini buyurtmachiga ko‘rsatganidan keyin biror narsa sababli o‘zida olib qolishi mumkin emas. Shuningdek buyurtma kelishilganidek tayyorlangan bo‘lsa buyurtmachi ham uni qabul qilmasligi mumkin emas.
Buyurtmachi buyurgan narsasi tayyor bo‘lganidan keyin uni qo‘lga kiritmaguncha, o‘zgaga sota olmaydi. Chunki, qo‘lga kiritishdan oldin sotish mumkin emas.
Hozirgi kunda quruvchilar o‘zlari tomonidan qurilish mollarini ishlatib uylar yoki majmualar qurib uni buyurtma asosida sotadilar. Bu ham “istisno’” hisoblanadi. Shuning uchun ham buyurtma asosida olayotganlar o‘sha uy yoki majmuani qo‘llariga kiritmaguncha sotishlari joiz emas. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolalarni o‘qing
https://fiqh.uz/maqola/610
https://fiqh.uz/maqola/614
26 May 2022, 04:17 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat