Giybat

Assalomu alaykum! عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar». Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam! Shu hadisi sharifdagi "Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q." deganlarida Rasulullox s.a.v nimani nazarda tutganlar? Ba’zida yahudiylarni yomonliklarini gapirsak, ba’zilar kofirni g‘iybat qilish musulmonni g‘iybat qilishdan og‘ir. Musulmon qiyomatda savobini so‘rasa, kofir iymoningni so‘raydi deyishadi. Men ularga iymon so‘ralmaydi. Iymon boshqa narsa. Axir bu dunyoda Allohga iymon keltirmagan kofirga qiyomat kuni musulmonni iymoni olib berilmaydi deb javob berdim. Gapim to‘g‘rimi yoki adashdimmi? Aslida kofirni gapirish g‘iybatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Banu Isroilda bo‘lgan voqealar bor. Hadisdan o‘sha voqealarni gapirish nazarda tutilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 155 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar