Ro‘zadorni juma namoziga g‘usl qilishi

Assalomu alaykum! Og‘iz yopishimdan oldin juma kunga g‘usl qilish uchun kechroq uyg‘onib qoldim. Shuning uchun juma g‘uslini qilmasdan og‘iz yopdim. Endi ro‘zador holimda juma namoziga chiqishdan oldin, juma g‘uslini qivolsam bo‘ladimi? G‘usl payt quloqlarga paxta tiqib olinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! G‘usl ro‘zani ochmaydi. Xalqimiz orasidagi “G‘usl qilish uchun burun achishadigan darajada suv olish va g‘arg‘ara qilish farz” degan gap yolg‘on. G‘uslda burunning yumshog‘igacha suv olish farz, og‘izni to‘liq chayish farz. Bu bilan ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 164 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar