Ro‘zani ochib yuborgandim

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, juda xafa bo‘lgan holatda savolni yo‘llayapman. 25-iyun Yakshanba kun ro‘zaning oxirgi 30-kunigacha tutib kelayotgan edim. Bir Xoji akamiz ro‘zani ochinglar bugun bayram, Arab davlatlarida va boshqa ko‘p joylarda og‘iz ochiq, ro‘zani ochishgan, bizani yurtda ko‘p kishi bilmay ro‘zani bugun tutib yurishibdi. Bayram kuni Ro‘za tutilmaydi dedilar. Toshkentlik ko‘p Xojilaram ochishgan dedilar. Ilmimiz kamlik qilib Xoji akani gaplariga kirib Ro‘zani ochib yubordim. Mani katta aybim yaxshi surishtirmay Xoji akani gapiga kirganim. Keyin surishtirsam bilsam bugun 25-iyun kuni ro‘zani ochvorib qattiq gunoh qilgana ekanman. Man bu ishim uchun Xoji akani gunohkor deb bilyapman. Bo‘lgan ish bo‘ldi. 1-savolim, man ochganim uchun 60 kun kafforat tutib berishim kerakmi yoki 1 kun? 2- ro‘zani ochganim uchun gunohkor bo‘ldimmi yoki Xoji akami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Shariatimiz ro‘za tutishni niyat qilib turib, saharlik vaqti chiqib ketganini bilganidan keyin ham eb-ichgan yoki ro‘za tutib qasddan ochib yuborgan odamga 60 kun kafforat va 1 kun qazo tutib berishni farz qilgan. 2). Shariat masalalarida “hoji akalar”ning gaplariga emas ahli ilm ulamolarning fatvolariga ergashish kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar