Harom ichkilik bor joyda oshpazlik qilish

Assalomu alaykum! Men oshpazman, restoranda ishlayman. Barda ichkilik sotiladi, lekin biz aralashmaymiz, sotmaymiz ham. Nima kilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Joiz yoki nojoizlik darajasiga kelsak, joiz. Dindor musulmon uchun imkoni qilsa unday joylarda ishlamasligi kerak. Toki o‘sha narsalarni iste’mol qilayotganlarga yordamchi bo‘lmasligi va ularga bo‘lgan nafratini izhor qilishi uchun. Oladigan maoshni halol savdoning pulidan olish kerak. Agar o‘sha ichimliklarning pulidan oladigan bo‘lsa ularga olish joiz bo‘lmaganidek sizga berish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar