Shifo topish uchun og‘iz chayish

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang xay’ati a’zolari mening Onam xozirda tishlarini davolatayotgan edilar (tish qo‘ydirish). Shu munosabat bilan shifobaxsh giyohlar bilan og‘izlarini chayqab turar edilar, Xozirda ro‘zador bo‘lganliklari sababli og‘izlarini chayqash mumkinmi, mumkin emasmi bilolmay qoldilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Chayqash joiz, g‘arg‘ara qilish joiz emas. Asosiy maqsad tomoqdan narsa o‘tmaslik. G‘arg‘ara qilinganda tomoqdan o‘tib ketish ehtimoli ko‘p. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar