Ayollarni oyoq kiyimi

Assalomu alaykum!1). Hurmatli ustozlar men kuz paytlari hijobga kirgandim. Endi yoz keldi va men oyog‘im umuman ko‘rinmaydigan oyoq kiyim kiyishim kerakmi yo‘qmi deb o‘ylanib qoldim. Chunki xozir issiq va hamma hijobli qizlar umuman paypoqsiz ham ba’zida esa oyog‘ini ust tomoni ko‘rinib turadigan qilib kiyishmoqda. Bunga shariatda nima deyiladi? Umumman oyoqni hech bir qismi ko‘rinmaslik kerakmi? Bunday qilish sal muammo ya’ni issiq yoki shunga mos oyoq kiyimlar topolmay qiynalyotganim uchun so‘ramoqdaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! 2). Ramazon oyida saxarlikka tuxum eyish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Mazhabimizda tufuqdan pasti avrat emas. Agar fitnaga soladigan bo‘lsa, ya’ni kimnidir shahvatini qo‘zg‘atadigan bo‘lsa berkitish kerak. 2). Dinimizda ro‘za tutuvchi falon toamni esin yoki emasin degan qaytariq yo‘q. Halol bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:26 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar