Jinlar insonlarni suiqasdga undaydimi?
Qaynsinglim oldindan betoblanib, doktorlarda davolangan, turmushga chiqmagan, yoshi hali 20-22 larda, dam soluvchi kishiga dam soldirib, o‘zi namozxon bo‘lgan qiz. O‘zi oldin ham uni ko‘ziga allanimalar ko‘rinib yurar ekan. Bir kuni ota-onasi uyda yo‘g‘iz qoldirib ketishganida uyining 4 burchagida bir nimalar ko‘ziga ko‘rinib, o‘zini o‘ldirishga undar ekan. Qaynsinglim bu holga ko‘nmay, lekin o‘zi bilmagan holda bir “pachka” dimedrol dorisini ichib yuboribdi. Opalari uyga kelgach, bo‘lgan voqeani aytib berib, keyin tili aylanmay qolibdi. Bu voqeani mendan sir tutishgan ekan, men tasodifan uni duduqlanib gapirayotganini ko‘rib qolganimdan keyingina oz-moz tafsilotlarini turmush o‘rtog‘im (rafiqam) gapirib berdi. Yana bir fakt: men ish yuzasidan boshqa bir viloyatda ishlayman. O‘sha hududda ham hech sabablarsiz osilib o‘lishlar ko‘pligi meni ajablantirgan edi. Yana ularning ba’zilari hayotda muammosi yo‘q, tuppa-tuzuk, oilali odamlar, jumladan, baxtli kelin, bola-chaqasi bor ham ayol bor edi. Savolim, bunday voqealarga, haqiqatan, jinlar sababchimi? Yoki biz ular bilan ko‘proq qiziqib yuborayotganimiz sababli ular ba’zilarimizni shu ko‘yga solyaptimi? Axir meni qaynsinglim namozni 5 mahal o‘qirdi. . . Xatolar va noto‘g‘ri tushuntirish qilgan bo‘lsam uzr va Allohning o‘zi kechirsin. Allohning hech bir ishi behikmat bo‘lmasligiga va uning o‘zi yo‘g‘iz najotkor ekaniga iymon keltiraman. Sizdan esa ko‘ngil xotirjam bo‘lishi uchun javob kutaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi holatlarga odamlarning o‘zlari sababchi. Jinlar u kabi ishlarni qilishlari mumkin emas. Agar jinlar odamlarni siz aytgan holatga soladigan bo‘lsa, bu dunyoda sog‘ odam qolmas edi.
30 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi holatlarga odamlarning o‘zlari sababchi. Jinlar u kabi ishlarni qilishlari mumkin emas. Agar jinlar odamlarni siz aytgan holatga soladigan bo‘lsa, bu dunyoda sog‘ odam qolmas edi.
30 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda