Bu isrof emasmi?
Assalomu alaykum! Bu savolni kimlardir bilan urishish yoki fitna qo‘zg‘ash maqsadida emas balki vijdonim bilan o‘zimni sud qilib charchaganim uchun bermoqdaman. O‘zim o‘rtaxol oilada katta bo‘lib tejamkorlikka o‘rganganman. Kelin bo‘lib tushganimda oiladagi kattalar xam kichiklar xam eyishda, kiyishda to‘ylarda juda ko‘p isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishligini ko‘rdim. Er xotin aloxida yashaymiz, shuning uchun erimni qaytadan tarbiyalamoqchi bo‘lib kiyim ustiga kiyim olmang, chiroq va gaz, suvlarni ishlatmagan paytizda o‘chirib yuring, pullarni bexudaga ishlatmang undan ko‘ra foydali narsalarga ishlataylik deb o‘rgatib yurdim. Buni qaynona qaynotam noto‘g‘ri tushunib mendan jaxli chiqdi. O‘g‘limiz sani aytganini qilib boy bo‘sa bo‘lmay qo‘yaqolsin deyishdi. Men buni pulni deb emas tarbiyam shunaqa bo‘lgani uchun qilgandim. Bora-bora bunaqa ishlarga e’tibor bermay qo‘ydim. Ular pastsan deb xaqorat qilganlari uchun men xam xozir hamma narsani isrof qilib ishlataman. Lekin ichimda vijdonim qiynaladi. Men erimni uyini molini pulini asramoqchi bo‘lib qilganlarim noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nima bo‘lganda ham isrof qilmasligingiz kerak. Aliy roziyallohu anhudan dunyoni sifatlab berishni so‘rashganida: “Buni nimasini sifatlay? Avvali mashaqqat, oxiri fano, halolida hisob bor, haromida azo bor” deganlar. Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi. يَا بَنِي آدَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وكُلُواْ وَاشْرَبُواْ وَلاَ تُسْرِفُواْ إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ 31. Ey Odam bolalari! Har bir ibodatda ziynatingizni oling. Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas.
O‘tgan oyati karima tafsirida kelganidek, ibodat-tavofni kiyimsiz holda qilish yoxud janda, yirtiq-yamoq kiyim bilan bajarish ibodatning fazli va savobini ziyoda etmaydi. Lekin tabiati buzuq kishilar buzuq dindorlikka urinadilar, taqvoni juldur kiyimlar ila hosil bo‘ladigan etib ko‘rsatishga harakat qiladilar. Alloh taolo esa kiyinishda haddan oshib, faxr va g‘ururga ketishni qoralaganidek, xarob va tabiatsiz holda kiyinishni ham qoralaydi.
«Ey Odam bolalari! Har bir ibodatda ziynatingizni oling».
Avvalo, avratingiz to‘siq ortida bo‘lsin, qolaversa, ibodat chog‘i – Robbingiz ila bo‘ladigan muloqot chog‘i go‘zal alfozda bo‘lganingiz afzal. O‘tgan ba’zi azizlar ushbu amrga itoat ma’nosida namoz uchun alohida go‘zal kiyim tayyorlab qo‘yganlar.
«Eb-iching va isrof qilmang».
Yuqorida zikr qilingan buzuq dindorlikning bir ko‘rinishi oziq-ovqatga munosabatda ham zohir bo‘ladi. Ba’zi buzuq tabiatli odamlar yaxshi taom iste’mol qilmaslikni taqvodorlikning cho‘qqisi sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Alloh taolo faqat emish g‘amida, doimo uning lazzatlisini axtaruvchi qorin bandasi bo‘lishni qoralaganidek, laziz taomlardan o‘zini tiyib, sifatsizinigina ixtiyor qilishni ham qattiq qoralaydi. Arab mushriklarida haj mavsumida yaxshi taomlarni emay qo‘yish odati bor ekan. Oyati karima o‘sha odatni ham tanqid qiladi.
«Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas».
Eb-ichish gunoh emas, isrof qilish gunohdir.
Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Seni ikki xislat – faxrlanish va isrofgarchilik xatoga boshlamasa, xohlaganingni eb, xohlaganingni ichaver», – deganlar.
Afsuski, ba’zi kishilar eb-ichishning xilma-xil va ko‘p bo‘lishini hayotning asosiy mezoni deb bilsalar, boshqa kishilar xususan, bizda odamlar oziq-ovqatni isrof qilish deganda, emay tashlab yuborishni tushunadilar. Bu aslida to‘g‘ri. Ammo keragidan ortiq emoq ham isrofdir. Eb-ichish kerak ekan, deb, qorin bandasi bo‘lish ham Islomga, musulmonga munosib emas.
Imom Ahmad ibn Hanbal va imom Termiziylar Miqdom ibn Ma’diykarab Kindiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Odam bolasi to‘ldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini turgizadigan emaklar etadi. Agar juda lozim bo‘lsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va havosi uchun uchdan bir», – deganlar.
Bugungi kunda oziq-ovqatni isrof darajada ziyod iste’mol qilishning sog‘liqqa asorati yaqqol namoyon bo‘ldi. Hozirgi davrning ko‘pgina xastaliklariga ushbu isrofgarchilik sabab bo‘lmoqda. Bu haqiqatni Qur’oni Majiyddan uzoq bo‘lgan g‘ayridinlar ham tushunib etdilar. Qadimda yahudiylardan biri xulafodan biriga: «Sizlarning Qur’onningizning yarim oyatiga butun tib ilmi joylashgan», deb ushbu oyati karimani o‘qigan ekan. Ming afsuski, Qur’on ahliman, deb yurganlardan aksariyatimiz bu haqiqatni tushunib etmaymiz. Islom har bir sohada mo‘’tadillik yo‘lini tutganidek, oziq-ovqat va kiyim-bosh masalasida ham musulmonlardan mo‘’tadil bo‘lishni talab qiladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush