Mastlikda aytilgan 3 taloq
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqin qo‘shnimga turmush o‘rtog‘i mast xolatida 3 taloksan deb aytgan. Hozirgi kunda birga yashayapti men orangizga taloq tushgan begonasizlar desam qaynonasi ichgandagisi o‘tmaydi deyapti. Bundan oldin xam 3marta 3 taloqsan deb aytgan. Har safar domlaga borib nikoh o‘qitib kelishadi, lekin bu safar borishmayapti qo‘shnim endi. Umuman sovib ketgan o‘qitishni xoxlamayapti. Nikox o‘qitishsa bo‘ladimi? Qo‘shnimga maslaxat beringlar, turmush o‘rtog‘i gunoxi meni bo‘ynimga deb yashashi to‘g‘rimi? Qo‘shnim 2nafar farzandi bor gunoxi ularga urmasmikan deb qo‘rqyapti, mastlikda aytilgan 3 taloq taloq xisobiga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. agar siz yozganingiz aniq bo‘lsa qaynona haddidan oshibdi, shariatga oyoq qo‘yibdi, o‘zi bilmagan narsasiga fatvo beribdi. Ularni orasida nikoh batamom uzilibdi. Qayta nikohlanishiga hech qanday yo‘l yo‘q, mastlikda aytilgan taloq tushadi. Bunga shak-shubha yo‘q. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 214 | Oila va turmush