Namozni uzrli sabab bilan qoldirsa
Assalomu alaykum! Ustozlar yordamingizni ayamayotganingiz uchun rahmat. Yu tyubda bitta video ko‘rib qoldim. Unda agar namozlarga uxlab qolib yoki biror uzrli sabab bilan qoldirilsa qazosi o‘qiladi, lekin uzrli sababsiz qoldirilgan bo‘lsa qazosi o‘qilmaydi, nafl namozlar o‘qiladi dedi. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “sababsiz qoldirilgan bo‘lsa qazosi o‘qilmaydi” degan gap Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan davom etib kelayotgan ulamolar jumhurining qavliga ziddir. Kishilardan ba’zisi bu gapni aytgan va raddiyasini ham olgan. Bunday holatda “kimdir bo‘lsa ham bu gapni aytgan ekanku” deb aldanib qolmaslik kerak. Chunki unday degan kishilar "Kishi namoz o‘qishni boshlaguncha barcha ishlar kofirlarcha bo‘lgan. Nikoh ham bog‘lanmagan, tug‘ilgan farzandlar ham valadi zino, qilingan va barcha yaxshiliklarning savobi bo‘lmagan" deyishadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 219 | Namoz