Juma namoziga borish uchun belgilangan yosh

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Savolim quyidagicha: muborak juma namoziga kirish uchun shariatimizda qanday yosh belgilangan? Qonunchiligimizdachi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shariat jumaning vojib bo‘lishi uchun balog‘at yoshini belgilagan. Balog‘atga etganlik alomatlari O‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati:
1. Tushida bulg‘anishi;
2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi;
3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi.
Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir:
1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi;
2. Tushida bulg‘anishi bilan;
3. Homilador bo‘lishi;
4. O‘n besh yoshga to‘lishi.
Qonun har kim o‘z diniga to‘la e’tiqod qilib amal qilishiga ruxsat bergan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar