Shaxidlarning jasadi chirishi masalasi xakida!
Alxamdulillaxi robbil a’lamiyn! Vassolatu vassalamu a’la Rosulixi va a’la alixi asxabixi ajmaiyn!Assalamu alaykum ustoz.Ustoz bir masalaga dikkatingizni jalb kilib, fikringizni suramokchiman...Yakinda www.youtube.ru - saytida, 20 yil avval Eronda Allox uchun katl etilgan yigitning mayitini ochib kurilganligi va mayitning xuddi uxlab yotganday, ulikka umuman uxshamay yotganligini kurdim. (mana linki, ochib kurishingiz mumkin: - https://www.youtube.’om/watch?v=IGH3bje40KE ) .Bundan tashkari Kavkazlik bir ulamoning kilgan juma xutbasida - 1979-1989 yy davomida, Sobik ittifok (SSSR) va Afgon mujoxidlari urtasida kechgan urushlar davrida, jangda katl etilgan musulmon jangchilarining jasadlari chirimaganligi bayon etildi.Kuro’ni Karimni ma’nolar tarjimasini ("Tafsiri Xilol"dan) ukish chogimda kuyidagi oyatlarga duch keldim:1 chisi: "Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni o‘liklar demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmaysiz." Bakara surasi, 154-oyat.2 chisi: "Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni o‘liklar deb hisoblamanglar. Balki ular tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar." Oli Imron surasi, 169-oyat.Shu oyatlardan xulosa kilib shaxidning jasadini chirimaydi deb atash mumkinmi, chunki ular tirikku. Tirik odamni esa jasadi chirimaydi, ulikniki chiriydi. "Tafsiri Xilol"dagi sharxda xam shaxidlarni yuvish va ularni kummaslik masalasi bayon etilganda, ularning tirik ekanligi inobatga olinib gapirilgandi. Jumladan men xam ushbu sharx asosida shaxidlarning jasadlari chirimasmikan deb uylamokdaman. Ustiga ustak yukoridagi video va juma xutbasidagi dalillar, bu uy - fikrni kuchaytirmokda. Lekin "gumon" baribir "gumon", aslini esa Allox biladi va albatta Allox istaganicha ulamolar xam.Shu sabab Allox taoloning "Uzing bilmasang Axli Zikrdan sura" mazmunidagi buyrugiga kura, sizdan ushbu masalani xakikati xakida suramokchi edim. Chunki bu xarkalay akida masalasi.Vaktingizni ayamaganingiz uchun raxmat.Jazakalloxu xoyron.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ba’zi kishilarda shu holat bo‘ladi. Hammada emas.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Otam bilan bir odam birga dafn qilingan edi. Ko‘nglim tinchimadi. Oxiri uni chiqarib alohida qabrga qo‘ydim».Buxoriy, Nasaiy va Abu Dovud rivoyat qilgan.Abu Dovud: «Bas uni olti oydan keyin chiqardim. Uning saqolining erga tekkan joyidan ba’zi qismlari bir oz o‘zgargan ekan, xolos», degan gapni ziyoda qilgan.Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning otalari bilan bir qabrga ko‘milgan odam Amr ibn Jamuh Ansoriy roziyallohu anhu bo‘lib, ular ikkisi do‘st bo‘lganlar va Uhud urushi kuni shahid bo‘lganlar. Ikkovlari bir qabrga qo‘yilgan. Ammo Jobir roziyallohu anhuning ko‘ngillari hech tinchimagan. Shuning uchun olti oydan keyin qabrni ochib otasini chiqarib boshqa qabrga ko‘mgan. Jobir roziyallohu anhuning otalari Abdulloh roziyallohu anhuning tanalari ko‘milganiga olti oy bo‘lishiga qaramay chirimay turgan ekan. Bu ham bejiz emas.- Ko‘milganda chirimay turgan shaxs shaxs shahid bo‘lish shart emas. Shoir Furqatning tanasi chirimay turgani ham ma’lum. Men o‘zim Jiddada yashagan va yaqin yilarda yashagan bir tanishimning chirimay turgani haqida ma’lumotga egaman. Bu holatlarning haqiqatini Alloh taoloning O‘zi biladi. Sizning bu haqdagi mulohazangiz to‘g‘ri emas.
28 Aprel 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda