Perotexnika

Assalomu alaykum! Perotexnika vositalarini hukmi qanday? Uni sotish, qaerdaligini aytish, tarqatishchi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gunohga yordam berish hisoblanadi. Imom Munoviy “Musulmon kishini qo‘rqitish o‘ta qattiq harom” deganlar. (Fayzul Qodiyr). عن عبد الرحمن بن أبي ليلى قال: حدثنا أصحاب محمد صلى الله عليه وسلم أنهم كانوا يسيرون مع النبي صلى الله عليه وسلم، فنام رجل منهم فانطلق بعضهم إلى حبل معه فأخذه ففزع، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: لا يحل لمسلم أن يروع مسلما. رواه أبو داود Abdurahmon ibn Abu Laylo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ashoblari bizga hadis so‘zlab aytdilar: “Ular Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotganlarida ulardan bir kishi uxlab qolibdi. Shunda sahobalarning ba’zilari uning arqonini yoniga borib olibdi. Uxlayotgan sahoba qattiq qo‘rquvga tushibdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Musulmon kishi musulmon kishini qo‘rqitishi halol bo‘lmaydi” degan ekanlar”. Abu Dovud rivoyati. Siz aytgan narsalardan esa qancha kishilar qo‘rquvga tushishadi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 57 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar