Hadisni tushunolmadim

Assalomu alaykum! Asxoblardan Sobit ibn Qaysning xotini, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xuzurlariga kelib: Yo RasulAlloh erimning fe’li va dinidan shikoyatim yo‘q, lekin unga ko‘ngil qo‘yolmadim. Musulmon sifatida unga nonko‘rlik qilishni xoxlamayman(ya’ni, erimga ko‘ngil ko‘yolmaganim sababli uning oldidagi vazifalarimni bajara olmaslikdan qo‘rqyapman) degan edi. Rasuli akram undan: "Senga maxr sifatida berilgan bog‘ni eringa qaytarib berishni xoxlaysan-mi? deb so‘radilar. U “Ha” degach, Payg‘ambarimiz alayhisalom ayolning eriga: "Bog‘ni qabul qil va undan ajrash"! - deya marxamat qildilar. (Buxoriy, Nasoiydan). Aziz Uztozlar ushbu hadisni men "G‘am qayg‘usiz yashay desangiz" degan kitobda o‘qib qoldim va manosini u qadar anglay olganim yo‘q. U sahiq hadismi? Shu hadis haqida ma’lumot va sharx bersangizlar deb iltimos qilaman. Alloh qilayotgan ezgu ishlarigizga ulkan ajrlar berib O‘zi sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu hadis sahih. Gohida ikki xil fikrda bo‘lgan insonlar er-xotin bo‘ladilar. Yoki avvalida bir xil fikrda bo‘lib, keyinchalik dunyoqarashlari o‘zgaradi. Masalan islomdan bexabar vaqtlarda nikohlangan bola bilan qiz ikkisidan biri islomdan xabar topganidank keyin yoki islomda sobitqadam bo‘lgan er-xotindan biri tashqi sabablar tufayli islomga amal qilolmay qolsa noittifoqlik kelib chiqa boshlaydi. Namozxon, pokiza bo‘lgan ayol avvalda o‘zi sevib turmush qurgan namoz o‘qimaydigan, noshar’iy ishlarga ruju’ qo‘ygan eridan ko‘ngli soviy boshlaydi. Yoki namozxon er benamoz, harom-halolni farqiga bormaydigan ayol bilan yasholmay qoladi. Go‘yo o‘zlarini bir qafasga qamalgan qarg‘a bilan bulbul kabi xis qila boshlaydilar. Xuddi shuningdek sahobiya ayolda ham erini bir kishi sahobalar ichida kelayotganini va eri ularning ichida tashqi ko‘rinishi xunukroq ekanligidan qalbida sovushlik paydo bo‘ladi. Aslida unday pokiza zotlarda bu kabi ishni sodir bo‘lishi Alloh taolo qiyomatgacha bo‘ladigan er-xotinlarda shunday bo‘lsa nima qilish hukmini bayon qilishi uchun sodir bo‘lgan edi. Ular bajargan ishni xulu’ deyiladi. Shunday holat yuz bermasligi uchun shariat nikohdan avval tenglik degan narsaga e’tibor berishga chaqirgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:03 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar