Qur’onda nega biz deb kelgan?
Men bir insonga Qur’on suralarini o‘zbekchasini o‘qib aytib berdim, lekin u “Alloh bitta emasmi nega “biz” deyilgan” dedi. Men ilmsizligim tufayli javob bera olmadim. Alloh “Biz” deganda O‘zi va farishtalarni nazarda tutilganmi? Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Arab tili qoidalari bo‘yicha gohida gapiruvchi o‘zining ulug‘ligini ta’kidlash ma’nosida «Men» o‘rniga «Biz» ishlatilishi bor gap. Qur’oni Karimning har bir so‘zi va harfi Allohdan. Alloh nima qilishini O‘zi biladi. Banda unga taslim bo‘lishdan boshqaga yaramaydi. Jumladan, nima uchun Allohning gapi bandanikiga o‘xshamayapti deb ham bo‘lmaydi. Alloh istasa, «Men» deydi, istasa «Biz» deydi, istasa «U» deydi O‘zi biladi.
30 Aprel 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 154 | Qur’oni karim