Nikoh vaqtida "Valima" oshi
Assalomu alaykum! Alloh nasib kilib to‘y boshladik, singlimni turmushga bermoqchimiz. Shu vaqtda "Osh berish" masalasida savol paydo bo‘ldi. Kuyov (ya’ni quda) taraf oilasi "biz uchun bo‘lsa osh berishilar shartmas, bekorga isrofgarchilik qilmanglar" degan taklif bilan chiqishdi. Osh berishlik majburiymi yoki quda taraf bergan taklif to‘g‘rimi? To‘yimiz muborak "Ramazon Xayit"ining 1-kuniga belgilandi. "Ramazon Xayit"ining 1-kuni to‘y qilishga ruxsat bormi? Bundan tashqari, onam aytishlari bo‘yicha, singlim tug‘ilgandan keyin "Aqiqa" qilinmagan (singlim 22 yoshga to‘ladi). "Ramazon xayitidan 1 kun oldin, "Arafa" kuni kechgi vaqtga "Iftor" dasturxoni yozib, 1 qo‘y so‘yib, 1 qismi iftorga, qolgani nochorlaga tarqatishni niyat qildik. Shu tadbirimizni Arafa kuni qilishimiz to‘g‘rimi va u "Aqiqa" o‘rnida o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Quda to‘g‘ri aytibdi.
2). Bor.
3). O‘tadi. Aqiyqadan maqsad jonliqni aqiyqa deb so‘yish. Go‘shtini nimaga ishlatilishining e’tibori yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar