Qarindosh urug‘ nikohi

Assalomu alaykum! Shariatda amaki, tog‘a, amma, xolaning qizlariga uylanish halolligini bilaman. Bir tanishim aytadi televizorda bir diplomi bor Islom universiteti o‘qituvchisi aytibdiki "aka-uka, opa-singil farzandlarining nikohi xarom" dedi. Shunaqa fatvo chiqdimi yoki u odam noto‘g‘ri eshitganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar bir kishiga o‘z akasi, o‘z ukasi, o‘z opasi yoki o‘z singlisining qiziga uylanish harom degan bo‘lsa to‘g‘ri aytibdi. Chunki kishi o‘zining jiyaniga nikohlanishi harom. Agar aka-uka va opa-singillar quda bo‘lishini va farzandlarini bir biriga nikohlashni harom deb fatvo aytgan bo‘lsa, u kishi Alloh taolo Qur’onda halol qilgan ishni harom degan bo‘ladi. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi:  حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا۝ 23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar