Iymonim susayib ketyapti, nima qilay?
Assalomu alaykum! Men boshimdan o‘tayotgan ba’zi sinovlarga sabrsizlik qilayapman. Ba’zida tushkunlikka tushayamman. Iymonim tushib ketayabdi. Nima qilsam bo‘ladi? Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Solih insonlarning huzuriga borib, pandu nasihatlaridan eshitib turing. Inson moddiy va ma’naviy jihatdan oziqlanib turishga muhtojdir. Moddiy oziqlanish hammaga ma’lum, ma’naviy ozuqlanish esa haqiqiy ma’naviyat sohiblari bo‘lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘rlari bo‘lgan va ilmiga amal qiluvchi kishilar xuzurida bo‘ladi. أَنَّ لُقْمَانَ قَالَ لابْنِهِ : يَا بُنَيَّ، عَلَيْكَ بِمَجَالَسَةِ الْعُلَمَاءِ ، وَاسْتِمَاعِ كَلامِ الْحُكَمَاءِ، فَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ يُحْيِي الْقُلُوبَ بِنُورِ الْحِكْمَةِ كَمَا يُحْيِي الأَرْضَ بِوَابِلِ الْمَطَرِ Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Luqmon o‘z o‘g‘liga nasihat qilib: “Ey o‘g‘ilcham, olimlar majlisi, hukamolar so‘zlarini eshitishni o‘zingi lozim tut. Chunki Alloh taolo yomg‘ir erni tiriltirganidek hikmat nuri bilan qalblarni tiriltiradi” dedi» dedilar. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 178 | Ruhiy tarbiya