engi kalta kiyimda namoz

Xazrat namozni tukis ado etish maksadida bir savol bilan murojat etishga ijozat bersangiz.Mana kunlar isib kelmokda. Xazrat engi kalta kiyimda namozimiz nuksonli bulib kolmaydimi.Savolni berishimdan maksad bir imom manga engi kaltada namoz durustmas degan edilar. Lekin yana kupgina namozxonlarni engi kalta kiyimda namoz ukishayotganini kuramiz kay xolatda tugri yul tutgan bulamiz. Paygambarimiz engi kalta kiyimda namoz ukiganliklari xakidagi xadis bor. Uzim ukimagan bulsam xam eshitganman. Agarda shunday bulsa, unda nimaga issik jazirama kunlarda xam imomlar engi kalta kiyimda namoz ukiganini kurmaymiz. Savolni notugri bergan bulsam oldindan uzr surayman. Xazrat fakatgina tugri tushunib olishni maksad kilganman. Oldindan tashakkur xurmat bilan Sherzod…
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Engi uzun qiyim bilan namoz o‘qisa yaxshi. Ammo engi kalta kiyim bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi degan gap noto‘g‘ri.

27 May 2022, 01:26 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar