Maktub yozish haqida

Assalomu Alaykum! Islom.uz saytidan ayollarga maktub yozish mumkinligi haqida ma’lumot oldik. Ammo bugungi kunda yoshlar o‘rtasidagi (nomahram yigit va qiz) yozishmalar qay tartibda bo‘lsa dinimiz ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘ladi? Umuman bir yigit yoqtirgan qiziga uni yaxshi ko‘rishi haqida maktub yozishi mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:28 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar