Noiloj hollarda peshob tekkan kiyimda namoz o‘qisa ham bo‘ladimi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Noiloj hollarda peshob tekkan kiyimda namoz o‘qisa ham bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yuvib o‘qish kerak. Iloji qolmagandan ruxsat bor. (Og‘ir najosatdan) dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft miqdorichadir. Ushbu miqdorgacha bo‘lgan og‘ir najosat tekkan kiyim ila namoz o‘qisa joiz. Undan ortganda o‘qib bo‘lmaydi. Oz miqdordagi najosatdan saqlanish qiyin bo‘lganidan bunga ruxsat berilgan. Dirhamning og‘irligi 2, 975 gramm. Ignaning uchiga o‘xshab sachragan peshob hech narsa emas. Bundan saqlanish mushkuldir. Ammo peshob shu shaklda oqmaydigan suvga tushsa, u suv najas hisoblanadi.
26 May 2022, 18:11 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar