Ekzamenda yordam berish haqida
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishingizdan Alloh rozi bo‘lsin. Savolim noo‘rin bo‘lsa ma’zur tutgaysiz. Men xorijiy institut talabasiman. Allohga shukur, men yaxshi o‘qiyman. Shu sababli mening kursdoshlarim mendan tez-tez yordam so‘rab turishadi. Lekin ularning murojatlari ko‘pincha ularga xar xil yo‘llar bilan(mikronaushnik ishlatib, o‘rniga kirib chiqib) ekzamen topshirishda yordam berishdur. Ularga bu ish yaxshi emasligini eslataman, chunki bu ekzamen qabul qiluvchilarni va nihoyat, o‘zini aldashdur. Men shu tushunchaga tayanib so‘rovlarini qaytaraman, lekin bir vaqtning o‘zida ularga rahmim ham keladi. Men to‘g‘ri qilyapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilyapsiz. Yolg‘on va aldovga yordam bermaslik lozim. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilyapsiz. Yolg‘on va aldovga yordam bermaslik lozim. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar