Taxorat va duo

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, taxorat olishdan oldin va olib bo‘lgandan keyin o‘qiladigan duolar borligini shu kanal orqali o‘qib o‘rgandim va namozxon taxoratni boshlashidan avval niyat qilishini xam. Savolim shunday. 1). Taxorat qilayotganda niyat qilmastan va duolarni o‘qimasdan qilsa taxorat qabul bo‘ladimi? 2). To‘liq taxorat olgandan so‘ng katta yoki kichik xojat qilmasa va el xam chiqmasa avrat a’zolarni yuvmasdan taxoratni yangilasa bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). U tahorat bilan namoz o‘qisa bo‘ladi, ammo tahorat qilgani uchun savob olmaydi. 2). Ha, bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 157 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar