Tarjimonlik
Assalomu alaykum! Kasbim tarjimonlik, turli chet el film va seriallarni tarjima qilaman. Topayotgan pullarim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ezgulikka, iymon va to‘g‘ri e’tiqodga chorlovchi filmlar bo‘lsa amri-ma’ruf va nahiy anil munkar bo‘lgan farz amaliga hissa qo‘shgan bo‘lasiz. Agar kufr, fahsh ishlarga chaqiradigan filmlar bo‘lsa Alloh taoloning quyidagi oyatning ostiga kirasiz. Alloh taolo “Moida” surasida: وَتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ 2. Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir. Ushbu mo‘’jazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomdan avvalgi davrda hamkorlik qoidasi urug‘chilik, qabilachilik va boshqa shunga o‘xshash o‘lchovlar asosida bo‘lar edi. O‘ziga yaqin bo‘lgan shaxs, toifa, qabila, davlat yoki xalq nima qilsa, unga hamkor bo‘lish zarur edi. Jumladan, zulm va dushmanlik ishlarida ham. Islomda esa hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar shu shart vujudga kelsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi. Ammo qaerda gunoh va yomonlik bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamkorlik qilinmaydi. Bu ishlarning hammasi Alloh taologa bog‘liq. Mazkur ishlarni amalga oshirishda, albatta, taqvo shart. Shuning uchun ham «Allohga taqvo qiling», – deb alohida ta’kidlanmoqda. Inson Allohdan qo‘rqqanidagina Allohni rozi qiladigan hamkorliklarni amalga oshiradi. Inson Allohga taqvo qilgandagina undan yaxshilik kutish mumkin. Kimki yaxshilik qilsa, o‘zigadir. Yomonlik qilsa ham o‘zigadir. Allohdan qo‘rqmagan, Uning amrida yurmaganlar bilib qo‘ysinlarki: «Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir». “Nur” surasida: إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ 19. Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom