Ro‘zaga niyat

Assalomu alaykum! Men bugun qazo ro‘za tutishlik uchun saharlik qildim. Saharlikni o‘z vaqtida tugatdim. Ammo niyat qilish yodimdan ko‘tarilibdi. Buni soat 13:58 larda esladim. So‘ngra niyat qildim. Hech narsa eganim yo‘q. Savolim shundan iboratki. Bu holatda ro‘za tutgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za tutish uchun saharlik qilishingiz niyat o‘rniga o‘tadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar