Gunohni kulib eslash va kitob haqida

Assalomu alaykum! Agar kishi qilgan gunoxini kulib eslasa, farishtalar uni o‘chmaydigan qilib yozib qo‘yishadimi?
2. Xorun Yahyo va Xolik Nurboqiylarning Qur’onnning ilmiy mo‘jizalari xaqidagi kitoblarni o‘qisa va o‘sha e’tikodda bo‘lsa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunoh qilish o‘zi bandaga loyiq ish emas. Uni izhor qilish esa xatarlidir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Mujohirlardan boshqa ummatimning hammasi afv qilingandir. Albatta, bir kishining kechasi bir ishni qilib, tong otganda Alloh uni satr qilgan bo‘lsa ham «Ey Falonchi, kechasi unday qildim, bunday qildim», demog‘i ham mujoharadandir. Batahqiq, u Alloh uni satr qilgan holida yotgan edi. Tong otganda esa o‘zidan Allohning satrini ochadi», deganlarini eshitdim». Ikki shayx rivoyat qilganlar. «Mujohir» jahr so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda «oshkora qiluvchi» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa gunohni oshkora va uyalmasdan qiluvchi odamga aytiladi. Ushbu hadisi sharifdagi ta’rifga qaraganda, o‘zi qilgan gunohni odamlarga maqtanib yuradi. Demak, gunohni oshkora qilgan, o‘zidan sodir bo‘lgan gunohlarini gapirib yuradigan mujohirlarning gunohi afv qilinmas ekan. 2). Ularning shaxsiyatidan juda ham ehtiyot bo‘lish lozim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar