Alloh uchun tezroq javob bering Qiyin ahvoldamiz
Assalomu aleykum hurmatli sheyx janobimiz. Avvalo sizdan Alloh rozi bulsin. Savolimni berishdan oldin uzimizdagi mushkilotni aytib utsam. Men utgan yili noyabr oyida uylandim. Tuydan 40 kun utgandan keyin uydagilar safarga ketishdi. Katta hovlida biz uzimiz va 15 yoshli singlim bilan qoldik. Shu kunlardan beri rafiqam og‘riy boshladi. Uning kuziga har-hil jinlar kurinib, qiynab, urar edi. Biz quron uqishdan boshqa chora kura olmadik. Shu zaylda 7-8 oy utib ketdi. Ancha qiynaldik. Keyin ota-onamiz safardan qaytishib kelishdi. Farzandli buldik. men ularni onam bilan tashlab safarga ketdim. Ug‘limizni 40 kunligini utkizishib ular ham mening oldimga kelishdi. Hammamiz shu begona yurtda yashamoqdamiz. Hammasi utib ketgan edi. Faqt men, onam,bollarim Uzbekiston fuqarosi Dadam,ukam va singlim shu biz yashab turgan yurt fuqarolaridir. Tinch ishlab yashab yurudik. Uyimizda har kuni dars qilamiz. Islomni qunt bilan urganamiz. Allohu A‘lam seshanba kuni bulsa kerak (18 yanvar) rafiqam tusatdan jin kindi deb qoldi. darrov Allohni eslatib faqat Uning Uzidan qurqish kerakligini aytdim. U Allohdan panoh suradi. Oradan 30 sekundcha vaqt utmadi, u menga " shkafni ochin, palto‘im"- dedi. Tashqaridagi shkafni darhol ochdim rafiqamni paltosi va singlimni kurtkasi yuq edi. " ug‘irlashdi"- dedi. Uyda onam va singlim bor edi, uni tinchlantirdik. Birozdan keyin Ularning oyoq kiyimlaridan biri yonib ketdi boshqasi esa yirtilib ketdi va qolgani ugirlandi. Ertasiga Mening pulim kuz oldimda g‘oib buldi Oyoq kiyimlarimga suv quyildi. Eng yomoni biz birovning uyida turgan uy ichidagi shkaflar uz-uzidan yonib ketdi. Arang uchirdik. Keyin oshhonadagi pardalar yondi. Boshqa dinda bulgan qushnilar hali bir honadan boshqasiga kirib ulgurmagan qora tutun ularning hamma joyi berk eshiklaridan kirib ularni biznikiga hovliqqan hollarida chiqishiga sabab buldi. Biz musofir holda begona uyda yashayotganimiz uchun ancha qiyin ahvoldamiz. Biz qulimizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Lekin kup shunday holatda yashab bulmaydi. Militsiya hodimlari bizni baribir chunishmaydi. Bu zarar keltirayotgan mahluqlar rafiqamga "seni izlay-izlay zurg;a topdik"- deyishibdi. Biz rafiqamni va uning oilasini yaqindan bilganimiz uchun unda yoki bizda tuydan oldin bunga uxshash hollar yuz bermaganligini ham yahshi bilamiz. Hozir boshimiz qotgan holda Allohdan yordam suragan holda sabr qilib turibmiz. Nima chora kursak ekan? Biz aslida bu erda yurishimizdan maqsad ilm yulidadir. Niyatimiz Madinaga ketish edi. Lekin hozir buning iloji moddiy tomondan va hujjat tomondan qiyinroq. Sheyx janoblariiltimos tezroq javob yozing. Maslahatingiz kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qur’on tilovat qilinglar. Oyatul Kursiyni o‘qib, hammaga, joylarga ham dam solinglar. Allohdan panoh so‘ranglar. Chor qulni ko‘p o‘qinglar.
1 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 162 | Tabobat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qur’on tilovat qilinglar. Oyatul Kursiyni o‘qib, hammaga, joylarga ham dam solinglar. Allohdan panoh so‘ranglar. Chor qulni ko‘p o‘qinglar.
1 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 162 | Tabobat