Do‘stimning ehsoni
Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim bor. U internetda futbolga pul tikadi va pullarini ko‘paytirib o‘ziga ham oilasiga ham bir tiynini ishlatmay, masjidlarga, bolalar uylariga yordam kerak bo‘lganlarga beradi. U bu ishni yordam berish uchun qiladi. Do‘stim namoz o‘qiydi. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim shuki uning bu ishi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri? Unga savob yoziladimi yoki gunoh? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Futbolga pul tikish harom hisoblanib, Alloh taolo Qur’oni krimda ochiq-oydin uni harom qilgan. Uni halol deyish kufr hisoblanadi. Haromdan topilgan ishni sadaqot qilishni savobli ish deb bilish ham gunoh hisoblanadi. Birovning dunyosi uchun inson o‘z oxiratini harob qilmaslik kerak. Hozirgi kunda Alloh taoloning “Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir” degan oyatiga qanchalar muhtojmiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom