Diniy tarbiya

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlarga katta rahmat. Mani eng qiynayotgan muammo bu aksariyat yurtdoshlarimizning diniy ilmsizligi. Viloyatlarga boraman, shariat hukmlarini bilishmay gumon qilib aqllariga suyanib fatvolar chiqarib yuborishadi. Aqiyda masalasida o‘zlarinikini ma’qullab bu mani fikrim deb qolganlarniyam buzishadi. Alloh va Quronga qilgan tuhmatga ochig‘i chidab turolmayman. Ularga bu gaplarni qaerdan oldiz, axir bu dinimizda yo‘qku desam eshitganman deydi. Bunday holatda kar soqov bo‘lishimiz kerakmi? Juda chuqurlashib ketibsan deb hadiksirashadi, nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqni etkazishda kishi toqatiga qarab harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar