Allohdan qo‘rqqan odam
Assalomu alaykum! Allohdan qo‘rqqan odamni olim deydi degan ekan. Misol novvoymi, temirchimi kim bo‘lishidan qat’iy nazar Allohdan qo‘rqsa qiyomat kuni olimlar qatorida turadimi?
2). 13-14 yoshda Qur’onni taxoratsiz yodlasa yoki o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Alloh taolo “Zumar” surasida marhamat qiladi: قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ 9... Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘larmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. «Ey Payg‘ambar! «Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘larmidi?!» – deb ayt». Albatta, teng bo‘lmaydilar. Biladiganlar iymon keltirib, ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufr keltirib, isyon etadilar. «Albatta, aql egalarigina eslarlar». Ha, faqat aqli borlargina har doim Allohni eslaydi. Unga iymon keltirishni, ibodat qilishni o‘ylaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). 2). Bu yoshda bola balog‘atga etgan bo‘lib, tahoratsiz Qur’onni ushlab o‘qishi joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar