Kalimadagi qo‘shimcha

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, bizning masjidimizda bomdod namozidan keyin olti kalimani o‘qib undan keyin Qur’on tilovat qilinadi. Men kalimalarni yodlaganimda kalimai raddilkufrni oxirida (Sattorul u‘yub, G‘afforuz zunub va Kashshaful qulub) deb o‘rgangan edim. Hozirgi kitoblarda bu qo‘shimchalar keltirilmagan men bu qo‘shimcha kalimalarni o‘qib xato qilib qo‘ymayabmanmi deb o‘ylanib qolaman. Savol: Bu qo‘shimchalarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida ham aytilganmi yoki keyingi biror ulamo qo‘shganimi? Va iloji bo‘lsa ma’nolarini ham yozib bersalaringiz. Javobilar uchun oldindan rahmat Allohim din rivoji yo‘lida olib borayotgan hizmatlaringizni O‘zi munosib taqdirlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qishingiz joiz. Zikrlarning ichida ularning tarjimalari ham keltirilgan. Qidirsangiz topasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar