Duodagi farq

Assalomu alaykum! Bolalarga panoh tilab o‘qiladigan duo ikkita manbada ikki xil berilmoqda: https://savollar.islom.uz/savol/135499  link bo‘yicha: «U’iyzukumaa bikalimaatillahit-taammati min kulli shaytonin va haammatin. Va min kulli aynin laammatin» deyilgan. Duoga qo‘l oching degan mobil ilova dasturida bu duo sal boshqacharoq: «U’iyzukuma bikalimatillah it tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin lammah». Bularning qaysi birini o‘qigan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Linkdagini o‘qing. Agar farzandlaringiz o‘g‘il bo‘lsa “U’iyzukumaa”ni o‘rniga “U’iyzukum” bo‘ladi. Qizlar bo‘lsa “U’iyzukunna” bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 180 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar