Qur’ondan noto‘g‘ri iqtibos keltirsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, xozir odamlar ko‘p narsalarni bilib bilmasdan Qur’onda yozilgan yoki aytilgan mana hamasi zohir bo‘lyapti deydiganlarni ko‘p uchratamiz. Ba’zi gaplari to‘g‘ri bo‘sa ham bu Qur’on emas hadis kitoblarida yozilgan, masalan 11-sentyabr voqealari, Gagarinni koinotga uchib birinchi aytgan gaplari kabi ba’zi oyatlarni manosini tarjima qilib shu mayda ishlarga to‘g‘irilashga urinadi. Buni ba’zi bir odamlar ko‘rib yoki eshitib isbot keltir deyilsa shunaqa video yoki MR3larni ko‘rsatishadi. Shu bilib bilmasdan hadisni Qur’onga almashtirib yoki hozirgi mayda voqealarni Qur’onda keltirilgan deyishlikni hukmi nima? Shularga ishonib boshqa odamlar ham bilmasdan aytib qo‘ysa dindan chiqib qolmaydimi? Shunaqa gaplarni baralla 100 foiz ishonch bilan aytgan odamlarni eshitib ba’zida nima deyishni ham bilmaymiz. Biron nima desak bu videoroliklar ishonchli emas muallifiniyam tayini yo‘q bu narsalarda ehtiyot bo‘ling desak Qur’on oyatlarini inkor qilmang u bo‘lasiz bu bo‘lasiz deb mutakabbirlik qilib ham qo‘yishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa din vakillarining nozil qilingan kitoblari dunyoparastlar tomonidan o‘zgartirildi. Alaloqibat afsona va botillar aralashgan kitobga aylandi. Qur’onni esa Alloh taolo qiyomatgacha saqlashni zimmasiga olgan. Boshqa dindagilar avvalda oyatlarni qaysidir voqe’alarga bog‘lashni, hikoyalar to‘qib “bu hadisdan” deyishni ommaga tarqatishadi. Musulmonlar oyatda bor ekan, hadisda bor ekan deb faxrlanishni boshlagach “bu afsona yoki to‘qima yoki senlarni ham kitoblaring to‘qilgan” deb musulmonlarni ustidan kulishni boshlashadi. Shuning uchun musulmon avvalda ham keyinda ham g‘aflatda bo‘lmaslik kerak. Shuning uchun biror ishonchli olim orqali o‘z tasdig‘ini topsa, aytib tasdig‘ini topmasa tarqatmagan yaxshi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:34 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar