Qarindoshlarni yomon ko‘rish
Assalomu alaykum! Uyimga ko‘p yaqin qarindoshlarim kelishadi. Men ularni yomon ko‘raman, sababi folchi, qoqimchilarga borishadi va ahli oilamni borishga undashadi. Ulardan nafratlanib ketaman hatto. Bunday o‘zimni tutishim to‘g‘rimi? Bu borada menga qanaqa maslahat berasizlar? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda hatto kofirdan ham, fosiqdan ham, gunohkordan ham nafratlanish yo‘q. Aksincha uning kufridan, fisqidan, gunohidan nafratlanish bor. Nafratning izhorini ham o‘shalarga qaratish kerak. Buning uchun siz ularga go‘zal tarzda u ishlarning gunohligini tushuntirish, qo‘lingizdan kelsa u ishlarni oldini olish, mabodo bularning birortasiga rozi bo‘lmasa “men sizni zotingizdan emas, qiladigan ushbu ishlaringizdan noroziman” deb aloqani uzish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar