Erkak kishi nima qilsin
Assalomu alaykum! Ayol kishi erini xizmatini qilsa kirini yuvsa, ovqatini qilsa, bolalariga qarasa-yu, lekin eri nafsini qondirish u-n to‘shakka chorlasa har xil baxonalar(ertalabdan beri tinmadim charchadim) kabi bahonalar qilib erini taklifini rad etsa. O‘zim aytaman vaqtini desa-yu bir oydan o‘tib ketsayam indamasa. Erkak kishi nima qilsin? Bunday ayolni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uylanishdan maqsad iffatni saqlash. Agar ayol yaqinlik qilishga norozi bo‘lib erni iffatini saqlolmasa, ayol gunohkor bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا دَعَا الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ إِلَى فِرَاشِهِ فَأَبَتْ أَنْ تَجِيءَ لَعَنَتْهَا الْمَلَائِكَةُ حَتَّى تُصْبِحَ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon er o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu, u kelishdan bosh tortsa, farishtalar tong otguncha uni la’natlab chiqurlar», – dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
«Shar’iy uzr» deyilganda, farz ro‘za tutgan, hayz yoki nifos ko‘rgan holatga o‘xshash, dinda jinsiy aloqa man qilingan holatlar ko‘zda tutiladi. Erdir, ayoldir, xohlagan vaqtida o‘z jufti haloli bilan, oila doirasida, shar’iy nikohda, halol-pok yo‘l bilan jinsiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Zotan, er‑xotin bo‘lib, oila qurib yashashning imtiyozlaridan biri ham shudir.
Ayol kishi eri uni to‘shakka chaqirgan paytda bosh tortsa, ana o‘sha asosiy maqsadlardan birini bajarishdan bosh tortgan bo‘ladi. Bu esa, asta-sekin sog‘lik, mehr-muhabbat, ijtimoiy va boshqa taraflardan zararlar etishiga, bora-bora oilada kelishmovchilik keltirib chiqarishi, hatto uning buzilishiga olib borishi ham mumkin.
Shuning uchun ham bu ish Islom shariatida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ish sifatida baholangan. Bu ma’noni hozirgi zamonda tibshunos, ruhshunos va jamiyatshunos mutaxassislar ham tasdiqlamoqda.عَنْ عَمْرِو بْنِ الْأَحْوَصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَلَا إِنَّ لَكُمْ عَلَى نِسَائِكُمْ حَقًّا وَلِنِسَائِكُمْ عَلَيْكُمْ حَقًّا، فَأَمَّا حَقُّكُمْ عَلَى نِسَائِكُمْ فَلَا يُوطِئْنَ فَرْشَكُمْ مَنْ تَكْرَهُونَ، وَلَا يَأْذَنَّ فِي بُيُوتِكُمْ مَنْ تَكْرَهُونَ، أَلَا وَحَقُّهُنَّ عَلَيْكُمْ أَنْ تُحْسِنُوا إِلَيْهِنَّ فِي كِسْوَتِهِنَّ وَطَعَامِهِنَّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ Amr ibn Ahvas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ogoh bo‘linglar! Albatta, sizning xotinlaringizda haqqingiz bordir va xotinlaringizning sizda haqlari bordir. To‘shagingizni siz yoqtirmagan kishilarga bostirmasliklari va siz yoqtirmaydigan kishilarning uyingizga kirishiga izn bermasliklari xotiningizdagi haqqlaringizdandir.
Ogoh bo‘linglar! Ularning sizdagi haqlari: ularning kiyimlarini va taomlarini yaxshilab qo‘yishingizdir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan.
Bu ishlarning alohida ta’kidlanishining boisi, ko‘pchilik nazdida arzimas bo‘lib ko‘ringan mazkur nar salar oilada urush-janjallar kelib chiqishiga, oilaning buzilib ketishiga sabab bo‘lib kelganligidir.
Birovni yomon ko‘rib qolish – ko‘ngil ishi. Erkak odam jufti haloli, yostiqdoshi tomonidan o‘zi yomon ko‘rgan odamga iltifot ko‘rsatilishidan ranjishi, buni ko‘nglidan chiqara olmasligi turgan gap. Shuning uchun ham Islom shariati ayollarga bu masalani alohida ta’kidlab uqtiradi. Bu narsani erning eng muhim haqlaridan biri, deb tushuntiradi. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 202 | Oila va turmush