Metro karta

Assalomu alaykum! Ustozlar, dadam bir troyka(Metro karta) topib olibdilar. Metro kartani sohibi noma’lum. Biz Moskva shahrida ishlaymiz, dadamla metro kartani menga berdilar ishlatasan deb, meni ko‘nglim ishlatishga bo‘lmayapti. Axir birovni haqqi deb nima qilishni bilmayapman. Metro karta ichida 229 rubl puli bor ekan. Men hozir metro kartani 70 rubl pulini metroga ishlatib qo‘ydim. Birovni haqqini eb qo‘ydim deb qalbim qiynalyapti. Shuning uchun nima qilishim kerak? Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamlar harom eyish deganda faqat cho‘chqa go‘shtini eyish yoki aroq ichishni tushunadilar. Siz qilgan birovning kartasidan foydalanish ham shular kabi harom hisoblanadi. Musulmon odam avvalo har bir ko‘chada tushib qolgan narsani olavermaslik kerak. Olishdan avval “xo‘p olib nima qilaman” degan narsani o‘ylashi kerak. Agar o‘zi ishlataman degan niyat paydo bo‘lsa, bu o‘g‘irlik, egasini topib beraman desa bu omonat. Egasini topmasdan o‘zi ishlatsa bu omonatga xiyonat bo‘ladi. Olib bo‘lgandan keyingi birinchi ish sizlar o‘z egasini topishlaringiz kerak. Topolmasangiz uning nomidan sadaqa qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar