Ijtimoiy tarmoqlar
Assalomu alaykum! Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda insonni na dunyosiga va na oxiratiga foyda bo‘lmaydigan kulgili, behayo, birovni musibatlarini foto va videolarini ko‘rish, tarqatish hukmi qanday? Shunday foto va videolarni tarqatayotgan guruh, kanallarni adminlarini hukmi qanday? Ular topayotgan pullar harommi? Javobingiz uchun rahmat! Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Humaza” surasida marhamat qiladi:وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin. Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz. Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. “Hujurot” surasida:وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ12... Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni yaxshi ko‘rurmi? Ha, yomon ko‘rasizlar. Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko‘plab qabul qiluvchidir, o‘ta rahmlidir.«Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin», – deb uqtiriladi. G‘iybat nima ekanini eng ulug‘ tafsirchi Nabiy alayhissalomning o‘zlaridan eshitaylik. Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zoti bobarakotdan kishilar: – Ey Allohning Rasuli, g‘iybat nima? – deb so‘rashibdi. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom: – Birodaringni o‘ziga yo‘qmagan narsa bilan eslashing, – debdilar. Shunda: – Birodarimda men aytgan narsa bo‘lsa-chi, bunga nima deysiz? – deyishibdi. Nabiy alayhissalom: – Agar aytganing unda bo‘lsa, g‘iybat qilgan bo‘lasan, ammo bo‘lmasa, bo‘hton qilgan bo‘lasan, – deb javob qilgan ekanlar. G‘iybatning haromligini, g‘iybat gunohi kabiralardan ekanini hamma ulamolar bir ovozdan ta’kidlaganlar. Bu ish naqadar qabih va naqadar yomon ekani oyati karimaning o‘zida ham ajoyib uslub ila bayon qilinmoqda: «Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini eyishni yaxshi ko‘rurmi?» Qur’oni Karim birovni g‘iybat qilishni o‘sha shaxsning o‘lgandan keyin go‘shtini eyish bilan barobar qilmoqda. Ma’lumki, odamning go‘shtini eyish mumkin emas, o‘lgan odamning go‘shtini eyish esa xayolga ham keltirib bo‘lmaydigan ish. Shuning uchun yuqoridagi «Sizlardan birortalaringiz… yaxshi ko‘rurmi?» degan savolga hech kim «Ha», deb javob bera olmaydi. Shu boisdan oyatning o‘zi «Ha, yomon ko‘rasizlar» – deb ta’kidlamoqda. «O‘likning go‘shtini tanovul qilishni ko‘nglingiz qanday ko‘tarmasa, birovni g‘iybat qilishni ham shunday ko‘tarmasin», demoqda. Nabiy alayhissalom o‘z hadislaridan birida: «Ey tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g‘iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o‘sha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa, uni uyidan sharmanda qilgan holatda chiqaradi», – deganlar. G‘iybatchilar oxiratda ham jazosiz qolmaydilar. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom: «Merojga chiqqanimda misdan bo‘lgan tirnoqlar bilan yuzlariyu ko‘kslarini tirnayotgan bir qavmning oldidan o‘tdim. Men: – Ey Jabroil, ular kim? – deb so‘radim. U: – Bular u dunyoda odamlarning go‘shtini eb, obro‘larini to‘kkanlar, – deb javob berdi, – deya ko‘rganlarini hikoya qilib berganlar. Oyatning oxirida Alloh taolo mo‘minlarning barchasini, xususan, yuqorida zikr qilingan gunohlarni qilganlarni Allohdan qo‘rqishga da’vat qilib, «Allohdan qo‘rqinglar!» – deydi. Shu bilan birga, avval bilmay, gunoh sodir etilgan bo‘lsa, tavba qilib, gunohini yuvish mumkinligini eslatib, Allohning fazlu karamidan noumid bo‘lmaslikka chaqiradi. «Albatta, Alloh tavbani ko‘plab qabul qiluvchidir, o‘ta rahmlidir». Albatta, Alloh tavbani ko‘p qabul qiluvchi va rahmlidir. Har qanday gunohdan qay tarzda tavba qilinsa, mazkur gunohlardan tavba qilishda ham o‘shanday holat, ya’ni o‘tgan ishga qattiq afsus qilib, dilidan nadomat chekib, ikkinchi bor bu ishni qilmaslikka ahd qilish va ahdiga vafo qilish bilan vujudga keladi. Ammo g‘iybatchining tavbasi bu bilan tugamaydi. Ulamolar uning tavbasi to‘liq bo‘lishi uchun yana bir muhim shartni qo‘yishgan. U ham bo‘lsa, qaerda, qaysi majlisda g‘iybat qilgan bo‘lsa, o‘sha erda, o‘sha majlisda g‘iybat qilingan kishi haqida yaxshi gaplarni gapirishi kerak. Mo‘min-musulmonlar g‘iybatdan chetlanibgina qolmasdan, boshqa g‘iybatchilarning og‘ziga urib, g‘iybatga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishlari matlubdir. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Kimki bir mo‘minni g‘iybatchi munofiqdan himoya qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning go‘shtini do‘zax o‘tidan himoya qiluvchi farishta yuboradi. Kimki bir mo‘minni so‘kmoqchi bo‘lib, uni g‘iybat qilsa, Alloh taolo uni gapidan qaytmagunicha, jahannam ko‘prigi ustida ushlab turadi», – deganlar. Ko‘rib turganimiz oyatlarda mo‘minlarga nido qilinib, ular turli yomonliklardan saqlanishga, yuksak insoniy fazilatlarga ergashishga da’vat etilgan bo‘lsalar, kelasi oyatda Alloh taolo butun insoniyatga xitob qilib, hammaning asli bir ekanini eslatadi, barchani mo‘minlikka chorlaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar