Qayta zakot berish

Assalomu aleykum! Islom.uz savollar portalida zakot olish uchun ham alohida boshqa bir nisob miqdori xisoblanishi haqida xabardor bo‘ldim. Unga ko‘ra yashab turgan joyidan tashqari ega bo‘lgan, lekin sotuvga qo‘yilmagan er-joy mulklarining (nomiy bo‘lmagan mulklar) bozor narxi ham nisob uchun xisoblanar ekan. Avval zakot olish uchun bu yo‘lda nisob hisoblanishi haqida xabarim yo‘q edi. Shuning uchun zakotimning bir qismini akamga bergan edim. Lekin ularning narxi taxminan 6-7 ming AQSh dollariga baxolanadigan aloxida er-joy mulklari bor. Bu erni zakot berib bo‘lganimdan keyin sotuvga ham qo‘yishdi. Shu holatda men zakotni qayta berishim kerakmi? Agar berishim kerak bo‘lsa, bir qismini 19 yoshga to‘lgan qayin inimga bermoqchiman. Qayin-onamning ham o‘zlari turgandan tashqari yana bir kvartiralari bor (nomiy bo‘lmagan mulk) lekin zakot berishga etadigan nisob mulklari yo‘q. Yuqoridagi hukmni hisobga olib, zakotni o‘g‘illariga bersam bo‘ladimi? O‘g‘li endi maktabni tamomlagan, lekin ishlamaydi. Qilayotgan xayrli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu holatda ba’zi ulamolar qayta bersin deganlar. 2). O‘g‘liga bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 134 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar